«O‘zbekkosmos» Bo‘stonliqda ikki yildan beri foydalanilmay kelinayotgan 413 ta obektni aniqladi

O‘zbekiston 15:35 / 05.08.2022 7319

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Geoaxborot texnologiyalar va navigatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Ibragimov "O‘zbekkosmos" agentligi tomonidan yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatidagi 16,8 ming kvadrat kilometr maydonda o‘tkazilgan kosmik monitoring tizimli tahlili jami 279 ta qazilma konlaridan 119 tasida ehtimoli yuqori bo‘lgan noqonuniy geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, qazish va chegara buzilishi kabi qonunga zid harakatlarni aniqladi.

Yuqori aniqlikdagi kosmik suratlarni tahlil qilish natijasida sel-suv toshqinlari yuvib ketish xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan hududlarda joylashgan binolarni aniqlash bo‘yicha faoliyat yo‘lga qo‘yildi.

Bo‘stonliq tumanida joylashgan o‘rmon qoplami aniqlanib va raqamlashtirilib, ekilgan daraxtlar, ularning turlari va maydonlari tasniflandi. 

Bildirilishicha, hozirda butun Toshkent viloyati kesimida barcha o‘rmon qoplamlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: