O‘zbekistonda 6 oyda yuz bergan YTHlarda 97 nafar bola halok bo‘ldi

O‘zbekiston 15:43 / 05.08.2022 3778

Senat xabarida qayd etilishicha, respublika hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari oldini olish ishlari bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmagan.

Joriy yil o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 595 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 529 nafar bola jarohatlangan, 97 nafari halok bo‘lgan.

Umuman, joriy yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlar 93,9 foizi fosh etilgan. Qidiruvdagi 2 841 nafar shaxs ushlanib, bedarak yo‘qolgan 203 nafar shaxs topilgan.

2021 yil davomida ochilmay qolib ketgan jinoyatlar 1 079 tasi, avvalgi yillarda ochilmagan jinoyatlar 151 tasi fosh etilishi ta’minlangan.

Ko‘proq yangiliklar: