O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi 

O‘zbekiston 07:25 / 05.08.2022 4062

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, tantanali ochilish marosimidan keyin Termiz umumqo‘shin dala-o‘quv maydoni o‘quv nuqtalarida va to‘siqlar yo‘laklarida o‘zbek harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘rgazmali mashqlar bajarildi. 

Mashqlar jarayonida harbiylar yaqin masofada jang olib borish, yaradorlarni evakuatsiya qilish, shartli dushman hujumini qaytarish kabi amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. 

Qayd etilishicha, ushbu mashqlarni kuzatish jarayonida tojikistonlik harbiylar ham o‘zlarini sinab ko‘rishdi.

Ko‘proq yangiliklar: