Ichki ishlar organlarida «Vatanparvarlik oyligi» e’lon qilindi

O‘zbekiston 10:23 / 05.08.2022 3814

Ichki ishlar vazirining "Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi.

Ichki ishlar organlari tizimida joriy yil 1 avgust kunidan 1 sentabr kuniga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb belgilandi.

Vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish hamda nazorat qilish uchun mas’ul etib belgilandi.

“Vatanparvarlik oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish, turli tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash va shu kabi tadbirlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar vazirlik budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: