Avstriya Qashqadaryoda osma yo‘l barpo etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O‘tkir Qodirov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Doppelmayr Avstriya kompaniyasi MDH va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha direktori Valeriy Yashin bilan onlayn uchrashuvi tashkil etildi.

Foto: Kun.uz
Muloqot chog‘ida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tog‘li hududlarida zamonaviy osma yo‘llar barpo etish, uning atrofida turizm obektlari qurish va hudud sayyohlik salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘rtasida uzunligi 1500 metr bo‘lgan, boshlang‘ich nuqtasidan 1000 metr balandlikka ko‘tariladigan, quvvati soatiga 800 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yozgi va qishki mavsumlarda faoliyat yurituvchi zamonaviy osma yo‘lni barpo etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Loyihani moliyalashtirish uchun Avstriya moliya institutlari imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida loyiha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va uning yakunlari bo‘yicha Doppelmayr kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Doppelmayr qarorgohi Volfurt shahrida joylashgan va osma yo‘llarni barpo etishga ixtisoslashgan yirik kompaniya hisoblanadi. Doppelmayr 1892 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar 96 davlatda 15,4 mingdan ortiq osma yo‘l tizimlarini barpo etgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bild: Kiyev Germaniyadan milliardlab yevrolik qurol-yarog‘ so‘rayapti
Jahon | 15:38
-
Rossiyada O‘zbekiston mahsulotlarining doimiy ombori tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 15:32
-
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi
O‘zbekiston | 15:19
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025