Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh maymun chechagi tufayli favqulodda holat e’lon qildi
Sog‘liqni saqlash sohasida FH e’lon qilish AQShda kasallik bilan kurashish uchun qo‘shimcha mablag‘ va mutaxassislarni jalb qilishga yordam beradi. JSST avvalroq maymun chechagini xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb e’lon qilgan edi.

Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar maymun chechagi kasalligi tufayli sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda 4 avgust, payshanba kuni AQSh sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri Xaver Beserra ma’lum qildi.
«Biz virusga qarshi reaksiya bildirishni yangi bosqichga ko‘tarishga tayyormiz va har bir amerikalikni maymun chechagi kasalligiga jiddiy yondashishga chaqiramiz», dedi u telefon brifingi davomida.
Sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat e’lon qilinishi mamlakat rasmiylariga kasallik bilan kurashish uchun qo‘shimcha mablag‘ va mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi. Avvalroq maymun chechagi tufayli FH rejimi Nyu-York, Kaliforniya va Illinoys shtatlarida joriy qilingan edi.
AQSh maymun chechagi kasalligi eng ko‘p qayd etilgan mamlakat hisoblanadi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari (CDC) ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 7 000 ga yaqin holat qayd etilgan.
Iyul oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi tarqalishini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi. O‘sha vaqtga kelib 75 mamlakatda 16 000 dan ortiq holatlar haqida ma’lum edi. Kasallanish holatining aksariyati Yevropa va Amerikada aniqlangan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu kasallik an’anaviy ma’noda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiya emas, u har qanday yaqin jismoniy aloqa orqali yuqishi mumkin. «Biroq, bizning ishimiz shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunga qadar yuqtirish holatlarining aksariyati, birinchi navbatda, erkaklar orasida ko‘p kuzatilmoqda», dedi tadqiqot rahbari Jon Tornhill.
Kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus kasallik tasdiqlangan guruhlar bilan bog‘lanishni, epidemiologik nazorat va sog‘liqni saqlash choralarini kuchaytirishni, kasalxonalarda infeksiyaning oldini olish ishini kengaytirishni, vaksinalar, terapevtik vositalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlarni jadallashtirishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32