Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Subsidiyalar berishdagi byurokratiya tanqid qilindi
Barcha vazirliklar ish uslubini o‘zgartirib, odamlarga xizmat sifatini oshirishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bu borada litsenziya berish, oliygohlarga hujjat topshirish, kadastr hujjati, tug‘ilganlik guvohnomasi va xorijga chiqish pasportini olish, to‘lov tizimlari bo‘yicha aholiga qulayliklar yaratildi.
Lekin, hali ko‘p sohalarda qulayliklar yaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, subsidiyalar uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi kerak. Elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha xarajat va byurokratiya ko‘p. Tibbiyotda qaysi xizmat bepul yoki pulli bo‘lishi, davlatdan beriladigan dorilarning hisob-kitobi va egasiga yetib borishi, ko‘p tumanlarda hali yechimini topgani yo‘q. Qurilish, transport, kommunal xo‘jaligi, standart, karantin idoralarida ham aholi va tadbirkorlar ishi bitishi qiyin bo‘lgan jarayonlar juda ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bosh vazir oldiga bir oy muddatda: har bir vazirlik va hokimlikda aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tushunarli va qulay shaklga keltirish; ortiqcha xarajatlar va hujjatlarni qisqartirish; aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sharoitlarni yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Bunda birdan-bir mezon – odamlar roziligiga erishish ekani qayd etildi.
Mahallada bog‘cha, maktab, yo‘l qurish, suv va elektr tarmoqlarini tortib kelish ishlarida aholi faol ishtirok etadigan tizimlar yaratildi. “Ochiq budjet” doirasida o‘tgan 6 oyda aholi talabiga mos 2 mingdan ziyod ana shunday loyihalar boshlandi. Ularga 1,1 trillion so‘m yo‘naltirildi. Keyingi olti oyda bunday loyihalar uchun yana 1 trillion so‘m ajratish mo‘ljallangan.
Eng muhimi, odamlar bunday loyihalarga o‘zlarini daxldor bilib, bunyod qilingan infratuzilmadan asrab-avaylab foydalanyapti, dedi prezident. Mutasaddilarga aholi bilan bamaslahat qilinadigan loyihalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 19:02
-
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 18:45
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
Mavzuga oid

21:43 / 29.07.2025
Qirg‘izistonda sudlanganlarga muhim davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

14:42 / 20.06.2025
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi

10:06 / 21.04.2025