Saudiya Arabistoni va BAA neft qazib olishni qachon ko‘paytirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi 

Jahon 19:58 / 04.08.2022 7215

Saudiya Arabistoni va BAA qishda jahon bozoriga neft yetkazish borasida inqiroz kuchaygan taqdirdagina neft qazib olishni ko‘paytirishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.

«Bu yil qishda Yevropada gaz bo‘lmasligi, Rossiya nefti narxiga esa cheklov qo‘yilishi mumkin. Hozir har bir barrel neftni bozorga chiqara olmaymiz», — degan agentlik suhbatdoshlaridan biri. 

Reuters suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni, BAA va OPeKning boshqa a’zolari sutkasiga 2-2,7 mln barrel zaxira ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ammo ular bu quvvatlarni inqiroz cho‘zilgan taqdirdagina ishga solishga tayyor, degan manbalardan biri.

3 avgust kuni OPeK+ mamlakatlari sentabrda neft qazib olish kvotasini sutkasiga 100 ming barrelga oshirishga kelishib olishdi. 

Rapidan Energy Group konsalting kompaniyasi prezidenti Bob Maknellining so‘zlariga ko‘ra, bozorga sutkasiga 100 ming barrel neft qo‘shilishi judayam ozdir. Alyans iyul va avgustda neft qazib olishni sutkasiga 600 ming barrelga oshirgandi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden OPeK tashkilotini neft qazib olishni ko‘paytirishga chaqirgan, biroq Saudiya Arabistoni va uning hamkorlari buni amalga oshirmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: