O‘zbekiston Qozog‘istondan pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchiga aylandi

O‘zbekiston 16:16 / 04.08.2022 4451

LS nashri Milliy bank ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, pulning katta qismi Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tkazilgan. Shu tariqa, iyun oyida O‘zbekistonga 36,2 milliard tengedan ortiq mablag‘ jo‘natilgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Rossiya – 22,5 milliard tenge, Turkiya – 20,7 milliard tenge, Gruziya – 7,8 milliard tenge, Qirg‘iziston – 4,8 milliard tenge va Xitoy turadi – 3,3 milliard tenge. Eng kam mablag‘ Armanistonga – 1,6 milliard tenge va Ukrainaga jo‘natilgan – 859,8 million tengega. 

Shu bilan birga, iyun oyida Qozog‘istonga xorijdan qariyb 92 milliard tengelik 176,3 ming tranzaksiya amalga oshirildi. Bu yerda pul asosan Rossiyadan – 66,8 milliard tenge, Qirg‘iziston – 6,5 milliard tenge, O‘zbekiston – 3,9 milliard tenge va AQShdan tushgan – 3,4 milliard tenge. Eng kam mablag‘ Belarusdan – 592,7 million tenge va Gruziyadan o‘tkazilgan – 499,2 million tenge. 

Ayni paytda, Qozog‘iston hududining o‘zida 14 milliard tengelik 18,1 ming tranzaksiya amalga oshirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: