Investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston 13:44 / 04.08.2022 4642

Prezidentning «Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Quyidagi tartiblar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • loyihalar texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK quyidagi hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi: loyihaoldi hujjatlarini; davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlarini va texnik topshiriqlarni; investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni.

Markaz davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida tuziladigan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi.

Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq

  • davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlarini va texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar loyihalarini xarid predmeti narxi qo‘shilgan qiymat solig‘ini inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdori 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi;
  • loyihalar texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasi 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming dollardan kam bo‘lmagan va 50 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi;
  • loyihalar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun loyihalar texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun belgilangan summa 50 foizi miqdorida haq undiriladi.

Ekspertiza 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: