Bog‘cha tarbiyachilari uchun birinchi tibbiy yordam berish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston 15:54 / 04.08.2022 5263

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayevaning aytishicha, uchala bola ota-onasi ham bolaning kasallik turlarini bilib turib, tibbiyot varaqasini bola sog‘lomligi haqida MTT taqdim etgan. 

Bunday holatlar oldini olish yuzasidan MTV tomonidan pedagog tarbiyachilar uchun birinchi tibbiy yordam berish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. 

Bundan tashqari, o‘tgan olti oy davomida maktabgacha ta’lim tizimida Ichki audit xizmati tomonidan 188 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida o‘zlashtirish va kamomadlar 3,7 mlrd so‘mni tashkil etgani aniqlandi.

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 5,6 mlrd so‘m, davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati uchun budjetdan ajratilgan subsidiya mablag‘lari ortiqcha sarflanishi 8,7 mlrd so‘m, budjet va tashkilot hisobiga qo‘shimcha hisoblangan daromadlar 2,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda 3,8 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzilgan.

Bundan oldin Xorazmdagi bog‘chada 5 yoshli bola vafot etgani xabar qilingandi.

Undan avvalroq, Shahrisabzdagi bog‘chada bolalardan biri ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi.  

Shuningdek, Namangandagi bog‘chada tilini chaynab yuborgan bola vafot etdi.

Ko‘proq yangiliklar: