Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun qisman yopiladi

O‘zbekiston 11:41 / 04.08.2022 4645
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Joriy yil 4 avgustda kun davomida Ahmad Donish ko‘chasining Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasidan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasigacha bo‘lgan qismi (yo‘lning ikki qatori) transport vositalari harakati uchun qisman yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Ahmad Donish ko‘chasida yangi yerusti piyodalar o‘tish yo‘li qurilmoqda.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: