1 noyabrdan eski «obektivka»dan voz kechilib, xodimni baholaydigan yangi tizimga o‘tiladi

O‘zbekiston 16:18 / 04.08.2022 28363

Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta’kidladi.

“Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo‘yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi. Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ular muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlat rahbari.

1 noyabrdan:

  • eski namunadagi “obektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodim malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;
  • xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart. 

"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tacodifan kelib qolishning oldi olinadi", dedi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: