Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya O‘zbekiston va Ozarboyjon uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtiradi
Turkiya savdo vaziri, shuningdek, erkin savdo zonalari bo‘yicha tajriba almashishni taklif qildi.

Foto: Turkiya savdo vazirligi
Turkiya Ozarboyjon bilan savdoda soddalashtirilgan bojxona tartibini joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu sxemaga O‘zbekiston ham kiritiladi, deb yozadi Daily Sabah.
Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush Toshkentda bo‘lib o‘tgan uch davlat vazirlari sammitida to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi. U yalpi ichki mahsuloti qariyb 1 trillion dollar va deyarli 130 million kishini tashkil etuvchi umumiy bozor salohiyatini qayd etdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi imtiyozli savdo shartnomalari ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning ustuvorligidan dalolat beradi. Ularning kengayishi savdo aloqalari uchun «yangi davr»ning boshlanishi bo‘ladi.
Yaqin kelajakda Turkiya tomoni Ozarboyjon uchun soddalashtirilgan bojxona tartibini joriy qiladi. O‘zbekistonni ham ushbu sxemaga ulash maqsadi bor, dedi Mush.
Yangi tartibni kelishish bo‘yicha ishlar yakuniy, texnik bosqichga - pilot loyiha uchun infratuzilmani joriy etishga yaqinlashdi. Bojxonadagi byurokratik to‘siqlarning kamayishi uch davlat o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025