Toshkentda HETK xodimlari anomal issiq kunlarni qanday o‘tkazdi?
So‘nggi haftalardagi jazirama sabab sovitish qurilmalariga ehtiyoj ortib ketishi natijasida hatto Toshkentda ham elektr ta’minotida ko‘plab uzilishlar ro‘y berdi. Bu esa sohadagi jiddiy kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.
Kun.uz muxbiri rasmiylar taklifiga bilan Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining ish faoliyati, xususan poytaxtning turli nuqtalaridagi elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar qanday bartaraf etilayotgani bilan tanishdi.
Chilonzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Erkin Turdiyevning aytishicha, odatiy kunlarda 5-6 ta avariya kuzatilgan, anomal issiq kunlari esa nosozliklar soni sutkasiga 100-150 tagacha chiqqan.

“Kelib tushgan murojaatlarni o‘sha kunning o‘zida hal qilish maqsadida maxsus brigadalar sonini ko‘paytirdik. To‘g‘ri, ba’zi vaqtlarda ulgurmadik, 1-2 soatlarga kechiktirish holatlari bo‘ldi. Yuqori kuchlanish kabellarini to‘g‘rilash jarayonida bitta kabelning birdaniga bir nechta shikastlangan joylari ham chiqib qolyapti, shuning hisobiga vaqtdan yutqazdik.
Biz 24 soat ichida bu kabi nosozliklarni bartaraf etib, xalqqa elektr energiyasini yetkazib berishga urinyapmiz”,– deydi bosh muhandis.
Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025