Samarqandda noqonuniy tarzda 3,5 milliard so‘mlik elektr energiya ishlatgan «metan zapravka» aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, “E.S.” MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasidagi elektr energiyasi hisoblagichiga yashirin tarzda uskunalar o‘rnatgan holda foydalanib kelingani natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:32 / 14.02.2025
Metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

08:53 / 14.12.2024
“Gaz issiq o‘lkalarga uchib ketdi” - metanga navbat kutayotganlar

19:53 / 12.12.2024