Samarqandda yuk mashinasi ko‘prikdan pastga tushib ketdi
Tan jarohati olgan yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga olib borilgan. Hozirda ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 28 iyul kuni soat 11:40 larda Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan “ZIL” rusumli yuk mashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Oqibatda, mashina shu chorrahadagi ko‘prikning panjarasini buzib o‘tib, pastga tushib ketgan.
Hodisa tufayli tan jarohati olgan yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga olib borilgan va shifokor yordami ko‘rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:13
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

21:35 / 30.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi

11:20 / 26.03.2025
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi

17:39 / 22.03.2025