Tayvanda harbiy mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi boshlandi
Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor Xitoydan Taybey portiga qilinadigan “hujum”dan himoyalanish va qurolli kuchlarning qarshi hujumiga qaratiladi.

Foto: AP Photo / Chiang Ying-ying
Tayvanda "Hanguan" harbiy mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Xabar qilinishicha, mashg‘ulotlar 29 iyulgacha davom etadi.
Orol axborot agentligi manbasining so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor Xitoydan Taybey portiga qilinadigan “hujum”dan himoyalanish va qurolli kuchlarning qarshi hujumiga qaratiladi.
Shuningdek, ikkinchi bosqichda dengiz va sohil bo‘yidagi bostirib kelgan kuchlarni yo‘q qilishga urg‘u beriladi.
Tayvan ma’muriyati rahbari Tsay Inven 20dan ortiq harbiy kemalar va qiruvchi samolyotlar ishtirokidagi harbiy mashg‘ulotlarni kuzatib boradi.
Mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi 16-20 may kunlari bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid

17:23 / 06.03.2025
Tayvandagi atom elektr stansiyasida yong‘in yuz berdi

12:20 / 06.03.2025
Janubiy Koreyada qiruvchilar tasodifan aholi yashash joyiga 8 ta aviabomba tashladi. 15 kishi yaralandi

19:19 / 25.02.2025
Tayvan suvosti kabeliga shikast yetkazgani gumonlanayotgan Xitoy kemasini hibsga oldi

16:33 / 17.02.2025