O‘zbekiston Rossiyaga 14 ming tonna shaftoli eksport qildi
O‘zbekiston 17,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: agronet
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning 6 oyida xorijga qiymati 18,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 17,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 6 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 14 ming tonna;
- Qozog‘iston – 1,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,5 ming tonna;
- Turkmaniston – 83 tonna;
- Belarus – 52 tonna;
- Mo‘g‘uliston – 6 tonna;
- BAA – 2 tonna.
Mavzuga oid

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

13:36 / 14.02.2025
Eksport bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxati o‘zgartirildi

12:29 / 14.02.2025