Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bir guruh fuqarolar ommaviy janjallashib, bir-biriga pichoq bilan jarohat yetkazdi
Janjalda qatnashib, bir-birini do‘pposlagan va tan jarohatlari yetkazgan 7 nafar shaxs JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 18 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda Kitob tumani, Samarqand mahallasida yashovchilar o‘rtasida shaxsiy adovat zamirida janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida tan jarohatlari olgan ikki nafar fuqaro Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng o‘sha kuni soat 15:30 larda shifoxona hovlisida to‘plangan jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o‘rtasida janjal va mushtlashuv kelib chiqqan.
Janjal jarayonida fuqaro P.B. avtomashinasida bo‘lgan pichoq bilan fuqarolar Q.I. va O.A.ga tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Janjalda qatnashib, bir-birini do‘pposlagan va tan jarohatlari yetkazgan 7 nafar shaxs JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

23:58 / 05.08.2025
Ko‘kdala tumanida yana gaz to‘ldirish shoxobchasi portladi

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025