FarDUga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan xalq ta’limi bo‘limi xodimi va dekan o‘rinbosari ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
DXX xabariga ko‘ra, Rishton tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘z tanishi bo‘lgan ayol bilan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni Farg‘ona davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda huquqshunoslik fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 18 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa, Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti dekani o‘rinbosari 4 nafar abituriyentni ushbu fakultetga o‘qishga kirishlarida amaliy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga har bir uchun 5,1 million so‘mdan talab qilib, jami 20,4 million so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi

15:33 / 12.03.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

11:14 / 25.02.2025
Farg‘onada kompyuter klubi xodimlarini kaltaklaganlar qamoqqa olindi

21:44 / 24.02.2025