Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Uzbekistan o‘z tarifingizni konstruksiyalashni taklif qiladi

Foto: Beeline Uzbekistan
Digital-operator mijozlari o‘zlarining tariflarini faqat kerakli aloqa xizmatlari bilan to‘ldirishlari mumkin. “Konstruktor” tarifi – bu turli daqiqalar, SMS, internet-trafik va qo‘shimcha xizmatlarning individual to‘plamiga ega bo‘lgan ko‘plab variantlardan iborat tarif rejasidir. Abonent to‘lovining yakuniy hajmi noyob konstruktorning “tafsilotlari” soni va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu Beeline Uzbekistan ilovasi foydalanuvchilari uchun noyob mahsulotdir. Shaxsiy tarifni konstruksiyalash juda oson. Buning uchun Beeline Uzbekistan mobil ilovasiga o‘tishingiz, ma’lum daqiqalar, SMS va gigabayt trafikli variantni tanlashingiz kerak. Xuddi shu sahifada pastda - o‘zingizga kerakli xizmatlarni faollashtirishingiz mumkin. Bu dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar - Facebook va Instagram uchun trafik, Beeline TV va Beeline Music’dan musiqa va videolar, shuningdek, YouTube videoxostingiga kirishdan iborat.
Mijoz o‘zining “Konstruktor”ining barcha “tafsilotlari” qarshisidagi tugmalarni faollashtirganidan so‘ng, dastur sahifasida umumiy miqdor ko‘rsatiladi. Tanlangan variantlarga qarab, to‘lov oyiga 25 000 so‘mdan 125 000 so‘mgacha bo‘ladi. Agar siz shartlarga rozi bo‘lsangiz, “Davom etish” tugmasini bosish va – “Tasdiqlash” qoladi.
Yoqimli bonus: agar asosiy aloqa xizmatlari summasi 55 000 so‘m va undan ortiq bo‘lsa, mijozga Beeline telekanallari va Beeline Music xitlari sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Shuningdek, ma’lum bir miqdordagi “tafsilotlar” to‘plami uchun mijozlarda chegirmalar mavjud. Xususan, tarif 35 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha bo‘lsa, chegirma 5 foizni tashkil etadi. Bunday chegirmaning maksimal hajmi 20 foiz yoki 25 000 so‘mni tashkil qiladi.
“Biz uzoq vaqtdan beri shaxsiylashtirilgan xizmatlarga e’tibor qaratib kelmoqdamiz. Lekin “Konstruktor” - bu haqiqiy yangilik. Bu mijozga haqiqatan ham kerak bo‘lgan narsaga qarab tarifni sozlash imkonini beradi. Shunday ekan, “Konstruktor”ning ishga tushirilishi O‘zbekistonning butun telekom bozori uchun yorqin voqea bo‘lishiga va ko‘plab mijozlarimiz uchun uzoq kutilgan voqea bo‘lishiga ishonaman. Endi tarifi qanday bo‘lishini mijozning o‘zi hal qiladi!” – deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Agar siz avval Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olgan bo‘lsangiz, “Konstruktor” funksiyasidan foydalanish uchun uni eng so‘nggi versiyasiga yangilashingiz kerak.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON 9 mamlakatda 213 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Reklama
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

17:00 / 17.07.2025
Besh barobar o‘sish va ma’lumotlar uzatishda rekord: Beeline Uzbekistan tahlilchilari 2025 yilgi mobil internet haqida ma’lumot berishdi

17:00 / 10.07.2025
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi

18:45 / 20.02.2025
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi

14:00 / 29.01.2025