Samarqandda bokal bilan urib hamshiraning boshini yorgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatildi
2022 yil 1 iyun kuni Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 16-sonli davlat bog‘chasida mudira vazifasini bajaruvchi ayol va hamshira o‘zaro janjallashgan. Janjal davomida bog‘cha mudirasi hamshiraning boshiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgandi.

Videodan kadr
Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, zarba oqibatida bog‘cha hamshirasining boshi chap chakka sohasida ezilib yirtilgan.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, hamshiraning jarohati sog‘likni qisqa (olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan) muddatga buzilishiga olib kelishi, shuning uchun og‘irlik darajasiga ko‘ra «yengil sog‘likning buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohatlari» guruhiga kirishi qayd etilgan.
Holat yuzasidan 2 iyun kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘chada vaqtinchalik rahbarlik lavozimi yuklatilgan metodist Ch.A. bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

17:53 / 01.08.2023
IIB xodimlari ma’ruza qilgan bog‘cha mas’ullari jazolandimi?

15:36 / 28.07.2023
Prezident Uchtepa tumanida bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan profilaktika inspektori voqeasiga to‘xtaldi

17:40 / 27.07.2023