Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 iyul kuni M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan 1035-kilometrida Cobalt mashinasi to‘xtatilgan.
Tekshiruv jarayonida mashinani G‘allaorol tumani Lalmikor qo‘rg‘onida yashovchi 2013 yilda tug‘ilgan, 3-sinf o‘quvchisi boshqarib ketayotgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda, mashina boshqaruvini 9 yoshli maktab o‘quvchisiga uning ota-onasi topshirgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Cobalt tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Yosh bolaga mashina boshqaruvini topshirgan ota-onaga MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.