Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot manzilga yetmasdan ortga qaytdi
Samolyot ekipaji texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytishga qaror qilgan.

Foto: RIA Novosti
«RIA Novosti»ning xabar berishicha, «Rossiya» aviakompaniyasining 10 iyul kuni ertalab Samarqanddan Moskvaga parvoz qilgan «Sukhoi Superjet 100» samolyoti ortga qaytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyot ekipaji texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytishga qaror qilgan.
«Rossiya» aviakompaniyasining FV-6552 reysi parvozlar jadvaliga ko‘ra, soat 7:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchgan.
Samolyot havoga ko‘tarilganidan keyin oradan ikki soat o‘tib, soat 9:00da Samarqand aeroportiga qaytib qo‘ngan.
Qayd etilishicha, «Sukhoi Superjet 100» Samarqand aeroportiga qo‘nishida uning bortida bo‘lganlardan hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid

13:55 / 19.04.2025
Moskva va Kiyev halok bo‘lgan askarlarning jasadini almashdi

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

12:30 / 15.04.2025