Samarqandda ommaviy mushtlashuv uyushtirgan o‘quv markazi o‘quvchilariga chora ko‘rildi

Foto: Samarqand viloyati IIB
Ichki ishlar vazirligi 5 iyul kuni Samarqand shahridagi o‘quv markazining o‘zaro janjallashgan o‘quvchilariga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni 19:30 lar atrofida shaharning Dahbed ko‘chasida sodir bo‘lgan. Videolavhada 10 dan ortiq o‘quvchilar to‘planib turgani va ular orasidagi 3-4 yigit bir kishini har tomondan urganini ko‘rish mumkin. Janjalga telefon orqali bo‘lgan o‘zaro haqoratli suhbat sabab bo‘lgani aytilgan.
Holat yuzasidan janjalga aloqador bo‘lgan 5 yigitga chora ko‘rilgan. Ularning ikki nafariga 15 sutka, uch nafariga 12 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025