Eng katta o‘sishni ko‘rsatgan tovar toifalari orasida kimyo sanoati mahsulotlari (6 marta o‘sish), to‘qimachilik (90 foizga o‘sish) va oziq-ovqat mahsulotlari (65 foizga o‘sish) bor.
Bunga ko‘p jihatdan O‘zbekiston tomonidan 2021 yilda Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimining benefitsiar maqomini olishi tufayli erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Bryusselda Yevropa Kengashi Prezidentining Tashqi siyosat bo‘yicha Bosh maslahatchisi Saymonom Mordyu bilan uchrashdi. Unda tomonlar “GSP+” tizimi doirasida YeI monitoring missiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlarini muhokama qildilar va ushbu tizimning benefitsiari sifatida uning afzalliklarini amalda qo‘llash maqsadida mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan barcha 27 xalqaro Konvensiya talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar.
Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilish mavzusiga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston tomoni YeIning O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishini tashkil qilish va o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu yo‘nalishda hamkorlik qilish bo‘yicha navbatdagi sa’y-harakatlar belgilab olindi.