Turkiya Qoraqalpog‘istonda tinchlikni saqlash bo‘yicha O‘zbekistonning choralarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston 22:34 / 04.07.2022 14032

Suhbat avvalida Chovusho‘g‘li O‘zbekiston tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida osoyishtalik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan qat’iy chora-tadbirlarni Turkiya qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Shu jumladan, Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul idoralar rahbarlari darajasidagi “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” uch tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: