“Yozgi taklif” – UZTELECOM'ning yangi abonentlari uchun joriy mavsumda foydali aksiyalar!

O‘zbekiston 11:00 / 01.07.2022 5868

Saxovatli yoz fasli qizg‘in pallada. Shu oyda UZTELECOM Milliy operatori mobil aloqa yangi abonentlar uchun naqd 3 ta qaynoq aksiyani taklif etadi.

“Milliy 10” va “Milliy 15” tarif rejalari bo‘yicha GSM standarti tarmog‘iga ulanganda, har bir yangi abonent bonus tarzda – 1 GB mobil internetga ega bo‘ladi. Aksiya 2022 yilning 30 iyunidan 31 iyuligacha jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qilib, bonus to‘plam abonent to‘lovi amalga oshirilganda avtomatik ravishda faollashtiriladi. Bonusli to‘plam faollashtirilgandan so‘ng  5 kun davomida amal qiladi.

Bundan tashqari, yangi abonentlar aksiya doirasida ishtirok etayotgan tarif rejalar abonent to‘lovi uchun 22 foiz chegirma taqdim etiladi. Chegirma ulangan paytdan boshlab keyingi 3 oy davomida amal qiladi.

Misol uchun, 20 GB mobil internet trafigi, O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz daqiqa va 5 000 SMS taqdim etuvchi “Milliy 70” tarifiga ulanganda 70 000 so‘m abonent to‘lovi o‘rniga 54 600 so‘m to‘lanadi.

Aksiya 2022 yilning 30 iyunidan 31 iyuligacha GSM va CDMA standartining jismoniy va yuridik shaxs abonentlari uchun quyidagi tarif rejalarida amal qiladi:

- GSM standartining tarmog‘ida – “Milliy 40”, “Milliy 50”, “Milliy 70”, “Milliy 100”, “Milliy VIP”, “Milliy Biznes 40”, “Milliy Biznes 55”, “Milliy Biznes 75”, “Biznes Royal”;

- CDMA standartining tarmog‘ida – “Optimal”, “Ajoyib”.

Nafaqat chiroyli, balki eslab qolishga oson bo‘lgan raqamlarni yoqtiruvchilar uchun esa UZTELECOM chiroyli kombinatsiyasiga ega raqamlarga 75 foizlik katta chegirmani e’lon qiladi. Aksiya 2022 yilning 29 iyunidan 31 avgustigacha amal qiladi.

UZTELECOM Milliy operatoringiz taqdim etayotgan yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internet olamining qulay imkoniyatidan foydalaning.

Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumot uchun havola.

UZTELECOM - Milliy operator

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: