«Vatan tayanchi» jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekiston 07:30 / 01.07.2022 2929

Norma’ning yozishicha, prezidentning «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan.

Nizom bilan jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibi belgilandi. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

  • davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dasturlar, «yo‘l xaritalari» doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar;
  • «Vatan tayanchi» harakati vaqtincha bo‘sh mablag‘larini davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan tushumlar;
  • yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston norezidentlari homiylik xayriyalari;
  • xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa xorijiy donorlar grantlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘arma mablag‘larni quyidagilarga sarflash huquqiga ega:

  • o‘quvchi yoshlarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish maqsadida umumta’lim maktablarida amaliy va texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyatiga;
  • «Vatan tayanchi» harakatini saqlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
  • konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar o‘tkazishga.
Ko‘proq yangiliklar: