Ukraina Yevropa ittifoqiga elektr energiyasi eksportini boshladi

O‘zbekiston 11:39 / 01.07.2022 6842

Ukraina Yevropa ittifoqiga elektr energiyasining «katta eksporti»ni boshladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 30 iyun, payshanba kuni Telegram’da e’lon qilgan videomurojaatida aytib o‘tdi.

«Bugun Yevropa ittifoqi bilan yaqinlashuvimizda yana bir muhim qadam bo‘ldi», — dedi Zelenskiy. U Ruminiyaga elektr energiyasi yetkazib berilayotganini qo‘shimcha qildi. «Bu faqat birinchi bosqich, biz yetkazib berishni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. 

Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, gap Ukraina uchun nafaqat eksport daromadi, balki butun Yevropa xavfsizligini ta’minlash haqida ketmoqda. Siyosatchi Kiyev urush boshlanganidan keyin Yevropa energetika tizimiga qo‘shilganini eslatdi. 

16 martdan boshlab Ukraina va Moldova kontinental Yevropa energetika tizimining bir qismidir. Sinov sinxronizatsiyasi uch oy oldin Yevropa elektr uzatish tizimi operatorlari tarmog‘i (ENsO-E) tomonidan e’lon qilingan. 

Ukraina va Yevropa energiya tizimlarining yaqinlashuvi 2017 yilda boshlangan. Ukraina tarmoqlari va elektr stansiyalarini rivojlantirishga qariyb 700 million yevro sarmoya kiritildi. Dastlab, jarayonni yakunlash 2023 yilgacha rejalashtirilgan edi, ammo yakunda Ukraina energiya tizimlarini Rossiya va Belarusdan uzish joriy yilning fevral oyida amalga oshirildi. 

Ko‘proq yangiliklar: