Qarshi shahar hududini kengaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 16:32 / 01.07.2022 17783

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahrining bosh rejasida shahar hududini unga tutash hududlar hisobidan kengaytirish taklif etilmoqda.

Viloyat markazi - Qarshi shahri hududi kengaymoqda

Jumladan, yangi bosh rejaga ko‘ra Qarshi shahriga unga tutash bo‘lgan Qarshi tumani hududidan 434,2 gektar yer maydonini qo‘shish taklif etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi tumanidan Qarshi shahriga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan hududning 302,1 gektari qurilish osti maydoni, 132,1 gektari sug‘oriladigan ekin maydonlarini tashkil etadi.

Agar taklif etilayotgan reja tasdiqlansa Qarshi shahri va Qarshi tumani bosh rejalari va hududlarining chegarasida o‘zgarishlar bo‘ladi.

Avvalroq, AOKAda Qurilish vazirligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda mavjud 120 ta shahardan 118 tasi bosh rejasi ishlab chiqilgan, Toshkent shahri bosh rejasini tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: