O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston va Rossiyadan olib kelinmoqda

O‘zbekiston 10:55 / 01.07.2022 4399

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,9 foiz.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 25,7 foiz;
  • Braziliya – 11,6 foiz;
  • Belarus – 4,3 foiz;
  • Pokiston – 3,2 foiz;
  • boshqa davlatlar – 17,3 foiz.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 101 mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil mos davrida 94 tani tashkil etgan.

Bundan oldin O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olgani xabar berilgandi.

2022 yilning yanvar-may oylarida  O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,7 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,3 mlrd dollar va 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: