Oliygohlar sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan ayrim yoshlarning kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi

O‘zbekiston 07:26 / 01.07.2022 3824

Qayd etilishicha, joriy yildan boshlab 36 ta sport federatsiyasi, 274 ta sport maktabi o‘z hududidagi mahallalar, o‘rta maktablar, kollej va texnikumlar bilan hamkorlikda ishlaydi.

Har bir ko‘cha, mahalla, maktab, kollej va texnikumda futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat-shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha jamoalar tuziladi.

“Albatta, bunday ishlarni amalga oshirish mahalladagi yoshlar yetakchilaridan katta mas’uliyat va tashabbuskorlik talab qiladi.

Islohotlarimiz navqiron avlod hayotiga yanada chuqur kirib borishi uchun yoshlar yetakchilariga kengroq imkoniyat va vakolatlar bersak, o‘ylaymanki, sizlar ham buni qo‘llab-quvvatlaysiz”, dedi davlat rahbari. 

Ma’lum qilinishicha, bundan buyon har yili oliygohlarning sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: