Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xotin-qizlar va harbiylar oila a’zolari bilan ishlash tizimi o‘zgaradi

O‘zbekiston 07:35 / 01.07.2022 7252

Quyidagilar Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan ishlash tizimi asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
  • xotin-qizlar ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarni oshirishi, munosib ish topishiga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ular qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish;
  • xotin-qizlar oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda farzand tarbiyasidagi rolini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
  • xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
  • harbiy xizmatchilar oila a’zolari bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • harbiy xizmatni o‘tayotgan xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
  • harbiy xizmatchilar oilalari reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy madaniyatini oshirish;
  • oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlar oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish.

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarida xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar quyidagilar uchun mas’ul etib belgilanadi:

  • joylarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni va farzandlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash;
  • xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish, ular o‘rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralarni amalga oshirish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ular huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash.

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislari (fuqaro xodimlar) lavozim maoshi miqdori 2,0 oshiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: