Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

O‘zbekiston 07:55 / 01.07.2022 5862

“Huquqiy axborot” kanali xabarida aytilishicha, 2022 yil 1 iyuldan mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.

2022 yil 1 noyabrgacha:

  • mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada hududiy shtablarga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: xonadonlar ahvoli, oilalar ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji; oilalarga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar; murakkab operatsiyalarga, nogironlar protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji bo‘yicha buyurtmalar;
  • hududiy shtablar ushbu ma’lumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;
  • muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan ma’lumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga hududiy shtab a’zosi mas’ul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.

2022-2023 yillarda respublika bo‘yicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ular bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.

2022 yil 1 avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022 yil 1 noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHM 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: