Konstitutsiya yangilanishi bilan Qoraqalpog‘iston uchun huquqiy jihatdan nima o‘zgaradi?

O‘zbekiston 21:46 / 01.07.2022 31068

Amaliy tomondan Qoraqalpog‘istonning respublika sifatidagi barcha alohida huquqlari saqlanib qolmoqda. Bu borada noxolis fikr aytishdan oldin bir o‘ylaylik. Aslida bu o‘zgarishlar bilan juda katta kafolatlarga ega bo‘lmoqda.

Qoraqalpog‘istonning o‘zining parlamenti – Jo‘qorg‘i Kengesi saqlanib qolmoqda, respublika maqomi o‘zgarmayapti, o‘z hududi, Vazirlar kengashi, tili, davlat gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasi, parlamenti va boshqa vakolatlari saqlanib qolmoqda.

Fakt nuqtayi nazaridan gapiradigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘istonning biror-bir huquqi yoki imkoniyatlari amalda cheklanmayapti.

Faqatgina «atama» chiqarib tashlanmoqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga esa barcha huquqlar, vakolatlar va erkinliklar kafolatlanmoqda.

Bundan tashqari, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan Qoraqalpog‘istonga yangi imkoniyatlar, ustuvorliklar va kafolatlar taqdim etilmoqda. Qoraqalpog‘istonning oliy mansabdor shaxsi degan qoida kiritilmoqda. Bunaqa norma hech qachon bo‘lmagan. Bu real davlatchilikning belgisi.

Yoki Orolbo‘yi masalasi Konstitutsiya darajasida belgilanishi hech qachon tariximizda bo‘lmagan.

Xususan, o‘zgartirishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanishi uchun zarur moliyaviy, moddiy, tashkiliy-texnik va boshqa shart-sharoitlarni yaratish kafolatlarini beradi.

Sayfiddin Jurayev,
siyosiy fanlar doktori

Ko‘proq yangiliklar: