Iyun oyida inflatsiya 0,9 foizgacha tezlashdi

Iqtisodiyot 09:45 / 01.07.2022 11546

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning iyun oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 foizga oshgan. 

Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 12,2 foizga yetdi. 

2022 yilning iyun oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,1 foizga oshdi.

Ma’lum qilinishicha, shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,9 foiz va aholiga pulli xizmatlar 0,8 foizga oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: