Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tonirovka»ga berilgan ruxsatnoma mashinaga egalik huquqi o‘zgarganda avtomatik tarzda saqlab qolinadi
Prezident “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: Getty Images
Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 sentabrga qadar oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasi ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) berilgan ruxsatnoma amal qilish muddatini avtomatik tarzda saqlab qolish tartibini joriy etadi.
2022 yil 1 sentabrdan boshlab ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Yengil avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlari belgilanadi:
- ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – ikki yilda bir marta;
- ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – bir yilda bir marta.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

09:03 / 15.07.2025
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi

07:05 / 07.07.2025
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

14:52 / 20.12.2024