Tibbiy niqob rejimi hozircha joriy etilmayapti, biroq taqib yurish maslahat beriladi - SES

O‘zbekiston 07:20 / 30.06.2022 5315

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda koronavirusning omikron shtammi ko‘proq uchramoqda. Kasallikka chalinayotganlar orasida 90 foizi emlanmagan fuqarolar, qolgan 10 foizi esa vaksina olganiga 1 yildan ko‘p bo‘lgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir. 

Qayd etilishicha, hozirga qadar ro‘yxatga olingan barcha vaksinalar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatda aynan shu vaksinalardan foydalanish davom ettiriladi.

Bundan oldin Zangiota kovid-kasalxonalarida qancha bemor davolanayotgani ma’lum qilingandi.

Ayni paytda 4000 o‘ringa mo‘ljallangan Zangiota 1- va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan va kasallikka gumonlangan 900 nafarga yaqin bemor davolanmoqda. 93 nafar bemor esa jonlantirish bo‘limida davo muolajalarini olyapti.

Ko‘proq yangiliklar: