Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lganlarga yordam puli beriladi

O‘zbekiston 10:44 / 30.06.2022 4712

“Huquqiy axborot” portali xabariga ko‘ra, nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibini belgilaydi.

Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir marta beriladi (mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 10 baravari miqdorida – 9 mln 200 ming so‘m).

Yordam pullari ushbu masalani ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalar qarorlari asosida beriladi. Ko‘mak oluvchilar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin 3 oy muddatda ishchi organga o‘z loyihasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  • boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik faoliyati natijadorligi va daromadli ekani;
  • mahalla fuqarolar yig‘ini ijobiy tavsiyasi;
  • kam ta’minlangan yoki yolg‘izligi;
  • qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi;
  • ko‘p (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy ko‘makka muhtojligi;
  • noturar joylarda istiqomat qilayotgani.
Ko‘proq yangiliklar: