O‘zbekiston dunyoning eng issiq joylaridan biriga aylandi

O‘zbekiston 07:22 / 30.06.2022 29987

Bu haqda «O‘zgidromet» yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahadov ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Navoiy viloyatidagi uchta meteorologiya stansiyasi jahondagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichlaridan birini qayd etgan.

Avvalroq Navoiy viloyatida haroratning mutlaq maksimal darajasi qayd etilgani xabar qilingandi.

29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:20 da Navoiy viloyatidagi «Mashiquduq» meteorologiya stansiyasida 47,1 daraja issiq qayd etilgan.

O‘zbekistonda barcha yillardagi meteorologik kuzatuvlar davomida eng yuqori harorat (48-49 daraja issiq) Qizilqum cho‘lida (1983 yil iyul) va Termiz shahri hududida (1914 yil iyun-iyul) qayd etilgan.

Toshkent shahrida esa mutlaq maksimal harorat 44,6 daraja issiqqa teng bo‘lgan. Bu harorat 1997 yil 18 iyulda qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: