O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston va Ozarboyjon tadbirkor ayollari biznes-forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston 13:29 / 30.06.2022 2810

Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Ozarboyjonda bo‘lib turibdi.

2022 yilning 29 iyun kuni tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarboyjon tadbirkor ayollari birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Senat axborot xizmati

Forumda mamlakat iqtisodiyoti deyarli barcha tarmoqlari, xususan, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik kabi sohalarni qamrab olgan O‘zbekiston tadbirkor ayollari delegatsiyasi ishtirok etdi.

Foto: Senat axborot xizmati

Tadbirda so‘zga chiqqan har ikki mamlakat tadbirkor ayollari ikki mamlakat turli sohalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, salohiyatini yuksaltirish borasida tajriba almashish, dolzarb muammolarni muhokama qilish uchun qulay maydonga aylangan ushbu forum ahamiyati va dolzarbligini ta’kidladi.

Foto: Senat axborot xizmati

Tadbir so‘ngida xotin-qizlar jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya huzuridagi Tadbirkor ayollar klubi hamda Ozarboyjonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uyushmasi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: Senat axborot xizmati

Ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasida “B2B” formatida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 54 mln dollardan ortiq qiymatda 19 ta shartnoma va memorandum imzolandi.

Foto: Senat axborot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: