Germaniyaning Uniper energetika kompaniyasi inqiroz sababli davlatdan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi 

Jahon 18:38 / 30.06.2022 8017

Germaniyaning Uniper kompaniyasi Rossiya-Ukraina nizosi fonida inqirozli vaziyatga uchraganini ma’lum qilgan va davlatdan yordam so‘ragan dastlabki yirik energetika kompaniyasi bo‘ldi

Germaniya iqtisodiyot vazirligi Dyusseldorfda joylashgan kompaniya bilan muzokara olib borilayotganini tasdiqladi. 

"Muzokara davom etmoqda. Bunga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida gaz narxining keskin ko‘tarilishi va Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkazish hajmining kamayishi sabab bo‘ldi", - deb ma’lum qildi vazirlik. 

Uniper rahbari Klaus Diter Mausbaxning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kafolat taqdim etilishi, mavjud kredit liniyasini oshirish va kompaniya kapitalida davlatning ishtirok etishi ko‘rib chiqilmoqda. 

Uniper moliyaviy direktori Tina Tuomelaning ma’lumot berishicha, kompaniya 14 iyundan beri shartnomada ko‘rsatilgan gazning atigi 40 foizini olgan.

Uniper Finlandiyaning Fortum konsernining shu’ba kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya shuningdek, Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniyadagi 9ta yerosti gaz ombori operatori hamdir. 

Ko‘proq yangiliklar: