«Yoki Ukrainaga kechiktirib bo‘lmas yordam, yoki Rossiya bilan kechiktirilgan urush». Zelenskiy NATO sammitida chiqish qildi

Jahon 18:59 / 29.06.2022 21160

NATO umumiy xavfsizlik makonida Ukraina uchun joy topishi kerak, aks holda Shimoliy Atlantika alyansini Rossiya bilan qarama-qarshilik kutadi. Bu haqda Madriddagi NATO sammitida videoaloqa orqali ishtirok etgan ukrainlar prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.

«Yoki Ukrainaga g‘alaba uchun yetarli darajadagi shoshilinch yordam, yoki siz va Rossiya o‘rtasidagi kechiktirilgan urush», — degan prezident («Ukrainskaya pravda»dan iqtibos).

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mag‘lub bo‘lgan taqdirda, RF bu bilan to‘xtamaydi va Sharqiy Yevropa davlatlariga tahdid soladi.

«Rossiyaning maqsadlari ma’lum. Bu sir emas. Rossiya rahbariyati dunyoni boshqacha ko‘z bilan ko‘radi. Siz kabi emas. Ular, masalan, Litvaga – sizning alyansingiz a’zosi sifatida emas, sovetlar ittifoqi respublikasi deb qaraydi <...> Masala – uning uchun keyingisi kim? Moldovami? Boltiqbo‘yi davlatlarimi? Polshami? Javob – ularning barchasi», — degan Zelenskiy.

Zelenskiy NATOning «ochiq eshiklar» siyosati qanday kechayotganini tanqid qilgan hamda alyans va Rossiya o‘rtasidagi «kulrang zona»dan xalos bo‘lish zarurligini qayd etgan.

«NATOning ochiq eshiklar siyosati eski Kiyev metrosining turniketlarini eslatmasligi kerak: ular ochiq, lekin siz yaqinlashsangiz, ular toki to‘lov qilmaguningizcha yopiladi. Ukraina hali yetarlicha to‘lov qilmadimi? Yevropa va butun sivilizatsiyani himoya qilishga qo‘shgan hissamiz hali ham yetarli emasmi? Xo‘sh, yana nima kerak?» — degan u.

Ukrainlar yetakchisi o‘z mamlakatini imkon qadar ko‘proq, jumladan qurol yetkazib berish va RFga qarshi sanksiyalar kiritish orqali qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

U urush cho‘zilmasligi uchun Ukrainaga ko‘proq, jumladan zamonaviy artilleriya hamda mudofaani tashkil etish uchun oyiga 5 mlrd dollar kerakligini ta’kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: