Toshkentda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi firibgarlik ustida ushlandi

O‘zbekiston 10:35 / 29.06.2022 9322

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi yuriskonsulti F.I. fuqaro B.ning elektr energiya iste’molidan vujudga kelgan 9 mln so‘m qarzdorligini sudda ishlovchi tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgan.

Mahkama xabarida aytilishicha, yuriskonsult buning evaziga fuqarodan 100 AQSh dollari va 500 ming so‘mni elektr tarmoqlari korxonasining ma’muriy binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: