Tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq ma’muriyatchiligi soddalashtirilmoqda

O‘zbekiston 07:05 / 29.06.2022 5195

Prezident “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

1 iyuldan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obektlariga ta’sirchan hisoblash mexanizmini qo‘llash bekor qilinadi. Bo‘sh turgan binolar, ishlab chiqarish maydonlari, yashash joylari uchun mo‘ljallanmagan, tugallanmagan qurilish obektlari hamda ushbu obektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘i oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilindi.

QQS ma’muriyatchiligi soddalashtiriladi:

  • QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga QQS guvohnomasi soliq miqdoriga aniqlik kiritilmasdan avtomatik tarzda taqdim etiladi;
  • soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati monitoringida soliq xavfini aniqlashi QQS guvohnomasi amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi.

Soliq xavfi yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so‘ng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turiladi (bundan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq kelmasligi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganligi holatlari mustasno).

2023 yil 1 martga qadar:

  • hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyat o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima solinmaydi;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish
  • (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni soliq organlari “Ye-aktiv” axborot tizimida aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.
Ko‘proq yangiliklar: