Samarqand viloyatining ikkita hududida IIB boshliqlari o‘zgardi

O‘zbekiston 08:19 / 29.06.2022 2511

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyatning ikkita hududida IIB boshliqlari o‘zgargan.

O‘ktam Xoliqov

Jumladan, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan mayor Xoliqov O‘ktam Salimovich Jomboy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mazkur tayinlovgacha O‘.Xoliqov Samarqand tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Islomov G‘ulom

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Islomov G‘ulom Barotovich Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mazkur tayinlovgacha G‘.Islomov Toyloq tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Narpay, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Samarqand shahar IIBlariga yangi rahbarlar tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: