Navoiy viloyatida haroratning mutlaq maksimal darajasi qayd etildi

O‘zbekiston 16:58 / 29.06.2022 31321

Bu haqda «O‘zgidromet» yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahadov ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 13:20 da Navoiy viloyatidagi «Mashiquduq» meteorologiya stansiyasida 47,1 daraja issiq qayd etilgan.

O‘zbekistonda barcha yillardagi meteorologik kuzatuvlar davomida eng yuqori harorat (48-49 daraja issiq) Qizilqum cho‘lida (1983 yil iyul) va Termiz shahri hududida (1914 yil iyun-iyul) qayd etilgan.

Toshkent shahrida esa mutlaq maksimal harorat 44,6 daraja issiqqa teng bo‘lgan. Bu harorat 1997 yil 18 iyulda qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: