NATO Rossiya bilan ziddiyatga tayyorgarlik ko‘rishni 2014 yilda boshlagan - Stoltenberg 

Jahon 23:40 / 29.06.2022 11852

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rishni 2014 yilda boshlagan, dedi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg.

«NATO bunga allaqachon tayyorlangandi, Rossiya xavfli ekanligini 24 fevralda bilganimiz yo‘q. Haqiqat shundaki, biz bunga 2014 yildan buyon tayyorgarlik ko‘rgandik. Shuning uchun alyans sharqida harbiylarimiz sonini oshirdik va NATO mudofaaga ko‘proq pul sarflay boshladi»,— dedi u alyans sammitida.  

NATO sammiti 28 iyundan 30 iyungacha Madridda bo‘lib o‘tmoqda. 

Avvalroq NATO mamlakatlari rahbarlari Shvetsiya va Finlandiyani alyansga a’zo bo‘lishga taklif qilish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilgandi

Ko‘proq yangiliklar: